O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Talonchilar ushlandi

2018 yil 19 dekabr kuni soat taxminan 19:30da, ikki nafar noma’lum shaxs Sirdaryo viloyat Shirin shahri hududida voyaga yetmagan M.A.ning bahosi 200.000 so’mlik quloqchinini tortib olib, hodisa joyidan yashirinishgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro Q.F. va A.E.lar sodir etganliklari aniqlanib, ular ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik, ya’ni o‘zganing mulkini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib,ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech