Beparvolik piyodaning hayotiga zomin bo‘ldi.
Samarqand. 2020 yil 02 yanvar kuni soat 12:45 larda mashinist 49 yoshli M.A. boshqaruvidagi 0113-sonli yo‘lovchi poezdini Pastdarg‘om tumani hududida, Buxoro Mintaqaviy temir yo‘l uzeliga qarashli “Maroqand-Gumbaz” bekatlari oralig‘idagi 3745 km. 7-piketida harakatlantirib ketayotgan vaqtida temir yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda 40 yoshli X.Yu.ni urib yuborganligi natijasida X.Yu. hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Sizdan temir yo‘l yaqinida harakatlanayotganingizda yoki yo‘lni kesib o‘tayotganingizda belgilangan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.