Qo’shnisiga og’ir tan jarohati yetkazdi
2018 yil 28 oktyabr kuni soat taxminan 10:30da, Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yashovchi fuqaro М.Х. o’z uyi oldida qo’shnisi Sh.M. bilan o'rtalarida o'zaro kelib chiqqan janjal oqibatida, uning qorin sohasiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada Sh.M. kasalxonaga yotqizilgan. M.X. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti