Xavfli retsidivist yana jinoyatga qo‘l urdi
Toshkent shahar. 2023 yil 15 mart kuni soat 20:00 larda, 30 yoshli V.B. o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Shayxontohur tumani Bunyodkor ko‘chasi 6-uyda joylashgan “KAMOLON-OSH” markazi oldida bo‘la turib, shu yerda 27 yoshli Yu.B.ga tegishli bo‘lgan “Gentra” rusumli avtomashinasi yo‘lning chetida ochiq holatda qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, avtomashina salonidan 5.000.000 so‘m va 100 AQSH dollari miqdorda naqd pul mablag‘lari, bir dona bahosi 130 AQSH dollarlik “Sauvage” nomli erkaklar atiri va bir dona bahosi 150 AQSH dollari “Neoline7700” rusumli anti-radarni yashirin ravishda qo‘lga kiritib hodisa joyidan yashiringan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida v.B. ashyoviy dalillar bilan ushlanib, shaxsi urganilganda u muqaddam xam ushbu turdagi jinoyatlarni sodir qilganligi uchun sudlanganligi va u sud tomonidan xavfli retsidivist deb topilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan V.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda, ushbu shaxs boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Muallif: Tergov departamenti katta tergovchisi
mayor F.Saloxov
Tergov departamenti