O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bezori og’ir tan jarohati yetkazdi

2018 yil 22 oktyabr kuni soat taxminan 15:30da, mast holatda bo’lgan fuqaro A.A. Jizzax viloyati Baxmal tumani hududida tanishi P.B. bilan o'rtalarida o'zaro kelib chiqqan janjal oqibatida, uning qorin sohasiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada P.B. kasalxonaga yotqizilgan. A.A. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “e” bandi (bezorilik oqibatida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech