O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qo‘qon shahri markazida bir necha fuqarolarning bezoriligi katta janjalni keltirib chiqardi.

2020 yil 05 fevraldan 06 fevralga o‘tar kechasi soat taxminan 00:50 larda Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasidan IIBga shoshilinch xabar kelib tushdi. Unga ko‘ra 25 yoshli M.B., 28 yoshli Q.A., hamda 31 yoshli  J.Sh.,lar tanasining turli sohalarida sochma o‘qdan kelib chiqqan tan jarohatlari bilan murojaat qilganliklari aniqlangan.Shu kuni soat 00:10larda M.B., K.A., va J.Sh.,lar Qo‘qon shahrida joylashgan «Shedevr» choyxonasiga kelganlarida shu yerda bo‘lgan 27 yoshli  A.U., va uning sheriklari bilan o‘zaro janjallashganliklari oqibatida A.U.,ning yonida bo‘lgan tanishi 27 yoshli  Z.M., tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan «IJ-18» rusumli qirqma miltig‘i bilan B.M,  A.Q va Sh.J.,larga qarata ikki marotaba o‘q uzib, tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston respublikasi Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismining tegishli bandlari (Qasddan odam o‘ldirishga suiiqasd) va 277-moddasi (Bezorilik) bilan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 30 nafar shaxslarga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlari va olingan tezkor ma'lumotlarga ko‘ra Ichki ishlar boshqarmasi,  Davlat havfsizlik xizmati hamda prokuratura organlari xodimlari tomonidan hamkorlikda 14 fevral' kuni Qo‘qon shahrida shartli nom ostida o‘tkazilgan   “Tong” tadbiri davomida ishga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan 25 nafar shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan "ma'muriy qamoq" qo‘llanilgan va ularni ushbu hamda boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.            

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech