O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qidiruvda bo‘lgan yigitcha qayta jinoyat sodir etganligi uchun Surxondaryo viloyatida ushlandi

Surxondaryo viloyati. 2023 yil 16 iyul kuni soat 05-00da Oltinsoy tumani “Jobu” mahallasi hududida joylashgan “Xo‘jaipok sanatoriyasida dam olayotgan Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi 34 yoshli T.Yu. viloyat IIBning “102” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, unda sanatoriya avtoturargohida turgan o‘ziga tegishli bo‘lgan “Cobalt” rusumli avtomashinasini o‘zi bilan kelgan “Latif” ismli tanishi o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, avtomashinasini topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, ushbu turdagi jinoyatni sodir qilganligi uchun sudlangan va hozirda qidiruvda bo‘lgan voyaga yetmagan 16 yoshli Z.L. sodir etilganligi aniqlanib, boshqaruvida bo‘lgan “Cobalt” rusumli avtomashina bilan Sariosiyo tuman “Sangardak” mahallasi hududida harakatlanayotgan vaqtida Surxondaryo viloyat IIB YXXB SHMX YPX xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan voyaga yetmagan Z.L.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-modasi 2-qismi “a” bandi (transport vositasini takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llanilgan.

Hozirda, ushbu shaxs boshqa jinoyatlarga aloqadorligi hamda nima sababdan yana ushbu turdagi jinoyatga qo‘l o‘rganligi tekshirilmoqda.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Muallif: Tergov departamenti O‘MIB tergovchisi

mayor T.Elbekov

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech