O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Hissiyotlar o‘z yo‘liga

Jizzax viloyati. Joriy yilning 19 mart kuni Jizzax shahrida yashovchi 23 yoshli I.N.(ayol) shahar IIB boshlig‘ining nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda Toshkent viloyati Piskent tumanida yashovchi sobiq yigiti, 23 yoshli A.J. joriy yilning mart oyining o‘rtalarida uning sir saqlanishi lozim bo‘lgan videotasvirlarini internet ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqatib, yaqin qarindoshlariga ko‘rsatishini ro‘kach qilib, ushbu maʼlumotlarni oshkor qilish bilan uni qo‘rqitib, maʼlumotlarni oshkor qilmaslik evaziga undan 400 AQSH dollari miqdoridagi pullarni berishga majbur qilganligi uchun unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur ariza yuzasidan Jizzax shahar IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, A.J. arizachidan sir saqlanishi lozim bo‘lgan videotasvirlarini internet ijtimoiy tarmog‘iga oshkor qilmasligi uchun so‘ralgan 400 AQSH dollari pullarini olayotgan vaqtida, tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech