Metan gaz baloni portlashi natijasida avtobusda yong'in yuzaga keldi
2018 yil 18 sentyabr kuni soat 07:30da, V. ismli shaxs boshqaruvidagi “ISUZI” rusumli avtobusiga Kogon tumanida joylashgan “ZELICH OIL GAZ” metan gaz quyish shahobchasidan yoqilg'i quyib, “Kogon-Qorovulbozor” yo'nalishi bo'yicha A-380 avtomobil yo'lining 201 kilometrida harakatlanib, avtobusning gaz baloni portlashi natijasida avtobusda bo'lgan 5 nafar fuqarolar og'ir tan jarohatlari bilan hodisa joyida vafot etgan, 21 nafar yo'lovchilar turli xil darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari bilan (yong'in xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajaralishi uchun mas'ul bo'lgan shaxs tomonidan buzilishi odam o'lishiga va boshqa og'ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo'lsa) jinoyat ishi qo'zg'atilgan bo'lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti