O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yana o‘t oldirgichda qoldirilgan kalit avtomashinani olib qochilishiga sabab bo‘ldi

Andijon viloyati. 2022-yil 08-yanvar kuni soat 21:40 larda Xonobod shahar Ozodlik ko‘chasida yashovchi 27 yoshli X.Z., Andijon viloyati 102-raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, unga tegishli bo‘lgan “MATIZ” rusumli avtomashinasini Xonobod shahar Yuksalish MFY markazidagi yo‘l chetidan nomaʼlum shaxs tomonidan olib qochilganligi haqida xabar berib, avtomashinani topishda hamda transport vositasini olib qochgan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tergov tezkor ishlari natijasida, bir oz vaqt o‘tmasdan olib qochilgan “MATIZ” rusumli avtomashina Bunyodkor MFY Buyuk Zamin ko‘chasida xizmat olib borayotgan IIB xodimlari tomonidan to‘xtatilib ushlangan. Qonunbuzarning shaxsiga oydinlik kiritilganda, ushbu shaxs Xonobod shahar Yuksalish MFY yashovchi 34 yoshli A.U. ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.U.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibda ushlangan.

Qonunbuzar bilan bir qator tergov harakatlari o‘tkazilganda, u 08 yanvar kuni spirtli ichimliklar isteʼmol qilib, avtomashinani ochiqligidan va kaliti o‘t oldirgichda qoldirib ketganligidan foydalanib, olib qochib ketganligi bildirgan.

Hurmatli fuqarolar !

Moddiy boyliklaringizga befarq bo‘lmang, avtomashinangizni qulflanganligiga ishonch hosil qiling va kalitni o‘t oldirish joyida qoldirmang. Aks holda arzimagan eʼtiborsizlik ham yuqoridagi kabi salbiy holatlar ro‘y berishiga sababchi bo‘lishi mumkin.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech