O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Rashk nimalarga olib keldi

2018 yil 9 sentyabr kuni soat taxminan 00:20da, U.N. Surxondaryo viloyat Termiz tuman hududida, noma'lum shaxs turmush o'rtog'i S.X.ni uyiga kuzatib qo'yganligi sababli, rashk oqibatida S.X.ning qorin va ko'krak qismlariga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati etkazgan. Natijada S.X. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. U.N. ushlangan.

Shuningdek, shu kuni soat taxminan 05:00da, U.A. Uzun tumanidagi uyida rashk oqibatida birga yashagan turmush o'rtog'i A.A.ning ko'krak qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati etkazgan. Natijada A.A. hodisa joyida vafot etgan. U.A. ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o'ldirish) bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, prokuratura organi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech