“Kaptiva” avtomashinasi egasiga qaytarildi
2018 yil 19 oktyabr kuni soat taxminan 06:30da, noma’lum shaxs Toshkent shahar Uchtepa tuman hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro F.X.ga tegishli “Kaptiva” rusumli avtomashinaning eshiklari ochiq qolganidan foydalanib, olib qochgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro N.D. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti