“Cobalt” avtomashinasi egasiga qaytarildi
2018 yil 28 noyabr kuni soat taxminan 09:00da, noma’lum shaxs Toshkent shahar Uchtepa tuman hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro S.U.ga tegishli “Cobalt” rusumli avtomashinani olib qochgan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan voyaga yetmagan M.I. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Avtomashina topilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti