Xavfli retsidivist qo’lga olindi
2018 yil 3 oktyabr kuni soat taxminan 15:00da, muqaddam sudlangan X.B., Chilonzor tuman 6-mavze hududida joylashgan 178-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 65-xonasidan shu maktab o'qituvchisi E.R.ning ichida 150.000 so'm puli va 2.000 AQSh dollari bo'lgan sumkasini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo'lgan joydan yashiringan.
Ichki ishlar organi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan X.B. ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi (o'g'irlik, ya'ni xavfli retsidivist tomonidan o'zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti