O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Do’kondan o’g’rilik sodir etildi

2019 yil 5 yanvar kuni soat taxminan 00:15 da, noma'lum shaxs Namangan viloyat Uychi tumanida joylashgan, fuqaro T.Sh.ga tegishli savdo do’koniga eshik qulfini kalit tanlash yo’li bilan ochib ga’yriqonuniy ravishda kirib, u yerdan 1.550 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag’larini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo’lgan joydan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro D.Sh. va T.B.lar sodir etganliklari aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v,g» bandlari bilan (o’g’rilik, o’zganing mol-mulkini bir guruh shaxslar tomonidan oldinda til biriktirib uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech