O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Аriq oldidagi mushtlashuv

Namangan. 2020 yilning 13 iyulь kuni soat 01:00 da Uchqoʼrgʼon tumani “Oqtovlik” MFYda joylashgan “Jang” arigʼida 27 yoshli D.А., spirtli ichimlikdan mast holatda choʼmilayotgan vaqtida ushbu ariq oldida joylashgan xonadonda yashovchi 50 yoshli K.K., chiqib, D.А.,ga yarim kechasi mast holatda yashash xonadoni oldida choʼmilmasligini aytib, haqorat qilganligi uchun, D.А., qoʼllari bilan K.K., ning yuz va bosh qismiga urib, K.K., ga tan jarohati yetkazgan.

Natijada K.K., tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan va sud tibbiy ekspertiza xulosasiga koʼra K.K., bosh miya yopiq shikasti, bosh miya ogʼir darajali lat yeyishi va qon quyilishi, bosh miya oʼng yarim shari oʼtkir gigromasi kabi tan jarohatlari olganligi va ular “OGʼIR” tan jarohatlariga kirishi koʼrsatib oʼtilgan.

Holat yuzasidan А.D., ga nisbatan Uchqoʼrgʼon tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech