O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Kutilmagan tanishuvning kutilmagan oqibati

Samarqand viloyati. 2023 yil 10 may kuni 38 yoshli I.A. Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 02:30 larda Samarqand shahar Temir yo‘l vokzali hududida nomaʼlum ayol bilan tanishib, u bilan Samarqand shahar Taraqqiyot ko‘chasida joylashgan uylarning biriga borib, ushbu xonadonda birga spirtli ichimlik isteʼmol qilib, mastlik oqibatida o‘rtada kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik natijasida, ayol oshxona pichog‘i bilan uning qorin sohasiga bir marotaba qasddan urib tan jarohati yetkazganligini maʼlum qilib, ushbu ayolga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tergov-tezkor ishlar natijasida, ushbu jinoyatni Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 42 yoshli K.S. sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan K.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech