O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Lacetti”da buvisini ko‘rib kelishni istagan nabira

Toshkent viloyati. Joriy yilning 05 fevral kuni soat 17:00da Chirchiq shahar Nuroniy ko‘chasida vaqtincha istiqomat qilib kelgan 45 yoshli M.J., 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, 4 fevral kuni soat taxminan 21:00 da o‘ziga tegishli “Lacetti” rusumli avtomashinasini yuvish uchun Chirchiq shahar A.Navoiy ko‘chasida joylashgan “Avtomoyka” transport vositalarini yuvish shahobchasi ishchisi 17 yoshli E.Sh.,ga ishonib topshirib, ertasi kuni soat 08:00 larda olib ketishini aytib ketganligini, biroq ertasi kuni kelganida avtomashina joyida yo‘qligi maʼlum qilib, avtomashinasini topishda amaliy yordam so‘ragan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida, E.Sh. transport vositasini egasi ertasi kuni olib ketishini bilgach, avvaliga shahobcha ishchilariga uni yuvdirib, so‘ngra soat 23:00 larda ushbu avtomashinada buvisini ko‘rish uchun Chirchiq shahar 10 kichik nohiyasiga boshqarib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, beton ustunga urilib, yo‘l transport hodisasini sodir etganligi maʼlum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan E.Sh.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va E.Sh. protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech