O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yengil daromad topish yo'li

2018 yil 3 sentyabr kuniga o'tar kechasi noma'lum shaxs Qashqadaryo viloyat Qarshi tumanida joylashgan P.X.ga tegishli bo'lgan go'sht do'konidan kirish eshigini buzib, sotuvdan tushgan jami 7.479.000 so'm pul mablag'larini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan. 9 sentyabr kuni ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan O.X. sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o‘g‘irlik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech