“Yengil” daromad og’ir oqibatlarga olib keladi
2018 yil 14 aprel kuni fuqaro R.J. Toshkent shahar Sergeli tuman hududida fuqaro X.I.ga “Damas” rusumli avtomashina olib berishga va’da berib, buning evaziga undan 51.000.000 so’m miqdoridagi pullarni olib, bergan va’dasini bajarmay, pul mablag’larini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo’li bilan o’zganing mulkini yoki o’zganing mulkiga bo’lgan huquqni ancha miqdorda qo’lga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti