“Yengil” daromad og’ir oqibatlarga olib keladi
2019 yil 6 yanvar kuni soat taxminan 12:00 da, noma'lum shaxs Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi fuqaro B.S.ning uyiga eshik qulfini kalit tanlash yo’li bilan ochib g’ayriqonuniy ravishda kirib, xonadondan umumiy qiymati 10.000.000 so’mlik zargarlik buyumlari, 200.000 so’m va 6.000 rossiya rubli miqdoridagi pul mablag’larini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo’lgan joydan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni fuqaro D.R., M.J. va Q.M.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan (o’g’rilik, o’zganing mol-mulkini uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib, yashirin ravishda talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti