O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Yengil” daromad og’ir oqibatlarga olib keladi

2018 yilning yanvar oyi oxirlarida fuqaro R.M. Toshkent shahar Chilonzor tuman hududida fuqaro A.A.ga Sergeli tumanida qurilayotgan ko’p qavatli uylardan 3 xonali xonadon olib berishga va’da berib, buning evaziga oldindan 35.000.000 so’m miqdoridagi pullarni olib, bergan va’dasini bajarmay, qo’lga kiritilgan pul mablag’larini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo’li bilan o’zganing mulkini yoki o’zganing mulkiga bo’lgan huquqni ancha ko’p miqdorda qo’lga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech