“Yengil” daromad og’ir oqibatlarga olib keladi
2018 yilning fevral oyida fuqaro Sh.Z. Toshkent shahar Olmazor tuman hududida fuqaro I.B.ga Mirzo Ulug’bek tumanidan uy olib berishga va’da berib, buning evaziga undan 160.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olib, bergan va’dasini bajarmay, valyuta qimmatliklarini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo’li bilan o’zganing mulkini yoki o’zganing mulkiga bo’lgan huquqni juda ko’p miqdorda qo’lga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti