O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Voyaga yetmagan shaxsni tunaganlar ushlandi

Toshkent. 2020 yilning 17 iyul kuni soat 20:30 da Voyaga yetmagan 16 yoshli S.A., M.Ulug‘bek tumanidagi uyiga borish uchun Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasidan «Lacetti » rusumli avtomashinada ketayotganida, Yashnobod tumani TXAY ko‘chasida haydovchi mashinani to‘xtatib, orqa o‘rindiqda o‘tirgan S.A., ning oldida bo‘lgan narxi 5.000.000 so‘mlik “Iphone X” rusumli uyali telefon apparati va 1.500.000 so‘mlik “Airpods 2” nomli naushnigini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib mashinadan tushirib qoldirib, hodisa joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasiga ko‘ra, mazkur jinoyatni 31 yoshli M.T. va E.T, lar sodir etganliklari aniqlanib, M.T., dan “Iphone X” rusumli uyali telefon apparati va “Airpods 2” nomli naushniklar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Yashnobod tuman bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.T. va E.T., lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibida ushlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech