O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yuziga niqob kiygan shaxslar uyga bosqinchilikka tushdi!

Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi fuqaroning uyiga yuziga niqob kiygan shaxslar gʼayriqonuniy ravishda kirib, bosqinchilik yoʼli bilan uni tunab ketishdi.

2019 yil 05 noyabrь kuni soat 03:30da А.E. va Sh.А.lar yuzlariga niqob kiyib, bolta bilan qurollangan holda, fuqaro R.А.ning uyiga gʼayriqonuniy ravishda kirib, unga tan jarohati yetkazib, qoʼl oyoqlarini elektr simi yordamida bogʼlab, yertoʼlada saqlangan 30 mln. soʼm pullarni bosqinchilik yoʼli bilan egallab, hodisa joyidan yashiringanlar.

Birlamchi tibbiy maʼlumotnomaga koʼra, R.А.da “bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, chap tirsak suyagi oʼrta uchligidan yopiq maydanalib sinib siljishi, oʼng yelka sohasi yuqori uchligi kesilgan” jarohatlari aniqlangan.

Tergov tezkor guruhi tomonidan hodisa joyidan ish uchun axamiyatga molik ashyoviy dalillar rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB huzuridagi TB tomonidan А.E. va Sh.А.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik- uy-joyga gʼayriqonuniy ravishda kirgan holda) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari jarayonida А.E. va Sh.А.lar ushlanib, ish boʼyicha gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, soʼroq qilinganlar. Soʼroq davomida ular iqrorlik koʼrsatuvlarini berganlar hamda gumon qilinuvchi А.E.ning uyidan 13 mln. 140 ming soʼm naqd pullar, 1 dona qora rangli niqob va 3 dona rezina qoʼlqoplar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi boʼyicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda va natijasi boʼyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech