Jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar tergov yo‘li bilan qoplandi
Qashqadaryo. 2020 yilning 14 iyul' kuni soat 21:30 da 32 yoshli G.B., Muborak tuman «Istiqlol» mahallasida yashovchi fuqaro B.A., ning uyidagi sandiqdan jami 12 turdagi umumiy bahosi 20.780.000 so‘mlik tilla-taqinchoqlari va 1.350 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan Muborak tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «b,g» bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida G.B.,dan 12 dona tilla taqinchoqlar hamda 1.150 AQSh dollari miqdoridagi pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan va G.B., jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti