“Matiz” avtomashinasi egasiga qaytarildi
2018 yil 7 dekabr kuni soat 23:00dan 23:30gacha bo’lgan vaqt oralig’ida, noma’lum shaxs Qashqadaryo viloyat Qarshi shahar hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro E.A.ga tegishli “Matiz” rusumli avtomashinani olib qochgan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaro A.J. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Avtomashina topilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti