O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mehmonga kelgan talonchi yoxud tuzini yeb tuzlug‘iga tupurgan mehmon

2021 yilning 04 yanvar kuni Farg‘ona shahar IIO FMB Navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 2020 yil 30 dekabr kuni soat taxminan 11:00 da Komila S., ning yashash manziliga mehmon bo‘lib kelgan Abduqodir O., Komila S., ga hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan usulda zo‘rlik ishlatib, uni qo‘rqitib, Komila S., ga tegishli bo‘lgan narxi 2.000.000 so‘mlik bir juft “qarg‘a tindoq” nomli tilla sirg‘a va 100.000 so‘m pullarini ochiqdan-ochiq ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari jarayonida, Abduqodir O., Komila S., dan talon-toroj yo‘li bilan qo‘lga kiritgan bir juft “qarg‘a tindoq” nomli tilla sirg‘ani fuqaro Abror Q., ga 1.961.000 so‘m evaziga sotib yuborganligi aniqlanib, Abduqodir O., dan 1.000.000 so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “A” bandi (hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech