Kannabis o’simligini yetishtirgan shaxs qo’lga olindi
2018 yil 1 oktyabr kuni Toshkent viloyati Angren shahrida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2018” tezkor tadbir davomida M.I. yashash manzilida 14 tup “kannabis” o’simligini ekib yetishtirib, uyining tom qismida 2 kilogramm 800 grammga teng “marixuana” va 40 grammga teng “ko’knori” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi va 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti