Tovlamachi oʼsmir yigit jinoyat ustida ushlandi.
Jizzax. 2020 yil 22 yanvar kuni Sh.Rashidov tumanida yashovchi 19 yoshli Sh.J., Jizzax viloyat IIB boshligʼi nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2019 yilning iyulь oylarida 22 yoshli B.B. bilan tanishib, oʼzaro uchrashib yurganligini, ammo joriy yilning yanvar oylarida B.B. uning telefonidan oʼziga sezdirmasdan shaxsiy fotosuratlarini yashirincha koʼchirib olishga erishib, Sh.J. uchun sir saqlanishi lozim boʼlgan fotosuratlarni internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborishini aytib uni qoʼrqitib, unga tahdid qilib, 10.000 АQSh dollari miqdoridagi pullarni talab qilayotganligini maʼlum qilib, B.B. ga nisbatan qonuniy chora koʼrishni soʼragan.
Ushbu arizaga asosan 25 yanvar kuni soat 09:45 da Jizzax shahrida oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, B.B. 25.000.000 soʼm miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qoʼlga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti