O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Naymancha” da firibgarlik

Fargʼona viloyati. 2020 yilning fevralь oyida 38 yoshli Shuhratjon А., oʼzgalar mulkini firibgarlik yoʼli bilan qoʼlga kiritish maqsadida, tanishi Dangʼara tumani Rahmatillo qishlogʼida yashovchi 29 yoshli Noʼmonjon R.,ga Naymancha MMTP hududidan fermer xoʼjalik yerlarini olib berishni vaʼda qilib, 6 100 АQSh dollar pul mablagʼlarini olib, bergan vaʼdasini bajarmasdan oʼz ehtiyoji yoʼlida sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Dangʼara tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan Shuhratjon А.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, mulkingiz va pullaringizni notanish hamda halol inson sifatida Sizga tanish boʼlmagan insonlarga oʼz xohishingiz bilan bermang. Firibgarlarni toʼriga tushib qolmaslik oʼz qoʼlingizda!

 

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech