O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ichki ishlar organlari xodimlari jinoyat sodir etayotgan muqaddam sudlangan shaxsni ashyoviy dalillar bilan qo’lga olishdi

2019 yilning 21 iyun kuni soat taxminan 22:30 da, muqaddam sudlangan A.A. Urganch shahri hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro O.Sh.ga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashina eshigini temir chizg’ich yordamida ochib, avtomashina salonidagi buyumlarni yashirin ravishda talon-toroj qilayotgan vaqtida shu hududda xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan va jinoiy harakatlarini o’ziga bog’liq bo’lmagan holda ohiriga yetkaza olmagan.

Mazkur holat yuzasidan Urganch shahar IIO FMB 3-son IIB Tergov guruhi tomonidan A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan dastlabki tergov davrida A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, “shaxsiy kafillik” ehtiyot chorasi tanlangan va dastlabki tergov ayblov xulosasini tuzish bilan tamomlanib, jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudining 16.09.2019 yildagi hukmiga ko‘ra, fuqaro A.A. Jinoyat kodeksining 25,169-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech