O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Muqaddam sudlangan shaxs yana jinoyatga qo’l urdi

2019 yil 25 iyun kuni soat taxminan 14:30 da, muqaddam sudlangan U.S. Nukus shahrida yashovchi fuqaro P.N.ning uyi orqa tomonida qarovsiz qoldirilgan bahosi 700.000 so‘mlik “Condor” rusumli velosipedini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIO FMB 4-son IIB Tergov bo’linmasi tomonidan U.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan dastlabki tergov davrida U.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan va dastlabki tergov ayblov xulosasini tuzish bilan tamomlanib, jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudining 24.09.2019 yildagi hukmiga ko‘ra, fuqaro U.S. Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech