Bozorda jinoyat sodir etildi
2019 yil 5 aprel kuni soat taxminan 16:10 da, fuqaro R.N. Surxondaryo viloyat Sho’rchi tumanida joylashgan bozor hududida fuqaro M.D. bilan o'rtalarida o'zaro kelib chiqqan janjal oqibatida, uning qorin qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada M.D. kasalxonaga yotqizilgan. R.N. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “e” bandi (bezorilik oqibatida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti