Jinoyat jazosiz qolmaydi
2019 yil 25 avgust kuni soat taxminan 04:45 da, fuqaro T.B. Toshkent shahar Mirobod tumani hududida bo’la turib, tanishi T.Sh. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida, uning qorin qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada T.Sh. kasalxonaga yotqizilgan. T.B. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti