Uka o‘z akasiga tan jarohati etkazdi
2018 yil 6 sentyabr kuni soat taxminan 22:30da, D.S. spirtli ichimliklar iste’mol qilgan holda, Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumanidagi uyida akasi A.S. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida uning ko‘krak qismiga pichoq bilan urib og‘ir tan jarohat etkazgan.
Natijada A.S. kasalxonaga yotqizilgan. D.S. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti