Qo’shnisiga tan jarohati yetkazdi
2018 yil 23 dekabr kuni soat taxminan 23:50da, fuqaro Ch.X. Andijon viloyat Marhamat tuman hududida bo’la turib, qo’shnisi M.Z. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida uning kurak qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada M.Z. kasalxonaga yotqizilgan. Ch.X. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti