O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qo’shnisiga tan jarohati yetkazdi

2019 yil 30 aprel kuni soat taxminan 00:30 da, fuqaro S.A. Samarqand viloyat Samarqand shahar hududida bo’la turib, qo’shnisi A.D. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida uning tanasini turli joylariga urib-tepib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada A.D. kasalxonaga yotqizilgan. S.A. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi  (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech