O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ota o'z o'g'liga tan jarohati etkazdi

2018 yil 7 sentyabr kuni soat taxminan 20:00da, fuqaro S.A. spirtli ichimlik iste'mol qilgan holda, Qashqadaryo viloyat Qarshi shahrida joylashgan uyida o'g'li S.X. bilan o'rtalarida kelib chiqqan oilaviy janjal oqibatida, uning orqa o'ng elka qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati etkazgan. Natijada S.Х. kasalxonaga yotqizilgan. S.А. ushlangan.

03.10.2018 yilda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech