O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yog’och bo’lagi bilan tan jarohati yetkazdi

2019 yil 10 yanvar kuni soat taxminan 23:30da, fuqaro N.A. Farg’ona viloyat Qo’qon shahri hududida tanishi X.A. bilan o'rtalarida  kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida, uning boshiga yog’och bo’lagi bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada X.A. kasalxonaga yotqizilgan. N.A. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech