Yog’och bo’lagi bilan tan jarohati yetkazdi
2019 yil 12 avgust kuni soat taxminan 19:45 da, fuqaro M.S. Namangan viloyat Uychi tuman hududida tanishi S.A. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida, uning boshiga yog’och bo’lagi bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada S.A. kasalxonaga yotqizilgan. M.S. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti