O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Turmush o’rtog’iga tan jarohati yetkazdi

2019 yil 22 yanvar kuni soat taxminan 23:00 da, Surxondaryo viloyat Angor tumanida yashovchi fuqaro R.Y. o’z uyida turmush o’rtog’i B.N. bilan o'rtalarida  kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida, uning qorin qismiga pichoq va tanasining turli joylariga tesha bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada B.N. kasalxonaga yotqizilgan.R.Y. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech