Turmush o’rtog’iga tan jarohati yetkazdi
2019 yil 1 mart kuni soat taxminan 08:30 da, Surxondaryo viloyat Denov tumanida yashovchi fuqaro J.S. o’z uyida turmush o’rtog’i X.F. bilan o'rtalarida kelib chiqqan oilaviy janjal oqibatida, uning qorin qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada X.F. kasalxonaga yotqizilgan.J.S. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti