O’gay opasiga og’ir tan jarohati yetkazdi
2018 yil 28 sentyabr kuni soat taxminan 21:30da, Qoraqalpog’iston Respublikasi Beruniy tumanida yashovchi fuqaro S.Sh. o’z uyida o’gay opasi Yu.Sh. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida, uning tanasini turli joylariga urib-tepib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada Yu.Sh. kasalxonaga yotqizilgan. S.Sh. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti