Rasmiy nikohsiz turmush o’rtog’iga og’ir tan jarohati yetkazdi
2018 yil 24 oktyabr kuni soat taxminan 12:30da, Toshkent viloyati Yangiyo’l tumanida yashovchi fuqaro M.A. o’z uyida rasmiy va sha’riy nikohsiz turmush o’rtog’i N.X. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida, uning ko’krak qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada N.X. kasalxonaga yotqizilgan. M.A. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti