O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Belkurak bilan urib jarohat yetkazdi

2019 yil 13 mart kuni soat taxminan 13:00da, Qashqadaryo viloyat Qarshi tumanida yashovchi fuqaro J.Sh. o’z uyi oldida qo’shnisi X.R. bilan o’rtalarida kelib chiqqan o’zaro janjal oqibatida, uning bosh qismiga belkurak bilan urib, og’ir tan jarohati yetkazgan. Natijada X.R. kasalxonaga yotqizilgan, J.Sh. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech