O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Veterinariya shpritsi bilan og’ir tan jarohati yetkazdi

2018 yil 30 oktyabr kuni soat taxminan 17:30da, fuqaro M.B. Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani hududida tanishi E.A. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o’zaro janjal oqibatida, uning qorin qismiga veterinariya shpritsini tiqib olib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada E.A. kasalxonaga yotqizilgan. M.B. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech