O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qasddan badanga og'ir shikast etkazildi

2018 yil 16 sentyabr kuni soat taxminan 18:20da, fuqaro N.G. spirtli ichimlik iste'mol qilgan holda, Qashqadaryo viloyat Kitob tumanida joylashgan “Kitob dehqon bozori” MChJ ro'parasida tanishi S.Sh. bilan o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida, uning bo'yin qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati etkazgan. Natijada S.Sh. kasalxonaga yotqizilgan. N.G. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «e» bandi (qasddan badanga og'ir shikast etkazish, bezorilik oqibatida) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan bo'lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech