O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jiyaniga og'ir tan jarohati yetkazdi

2018 yil 6 oktyabr kuni soat taxminan 18:30da, Qashqadaryo viloyat Koson tumanida yashovchi X.B. o'z uyida qo'shnisi M.G'. bilan birga spirtli ichimlik iste'mol qilib, o'rtalarida kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida M.G'.ning ko'krak qismiga pichoq bilan urib, og'ir tan jarohati etkazgan. Natijada M.G'. kasalxonaga yotqizilib, ko'rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. X.B. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast etkazish jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech