Giyohvand qo’lga olindi
2018 yil 29 sentyabr kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o'tkazilgan “Qoradori-2018” keng qamrovli tezkor tadbir davomida Toshkent viloyat Yuqorichirchiq tumanida yashovchi U.Yu.ning dala hovlisi ko'zdan kechirilganda, uning yotoqxonasidan 1 kg. 583,6 gr. “marixuana” giyohvandlik vositasini kelgusida o'tkazish maqsadini ko'zlamay qonunga xilof ravishda saqlab kelganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash, tashish yoki jo‘natish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti